Respublikamizning barcha hududlarida bo’lgani kabi bugun, 25 may kuni tumanimizdagi barcha umumta’lim maktablarida “So’nggi qo’ng’iroq” tadbirlari nishonlandi. Mazkur tadbirlarda tumanimizdagi sektor rahbarlari ham ishtirok etishdi. Xususan, 1-sektor rahbari, tuman hokimi Z.Davlatov 3-sonli umumta’lim maktabida o’tkazilgan “So’nggi qo’ng’iroq” tadbirida ishtirok etib, bitiruvchi yigit-qizlarga Prezident tabrigini o’qib eshittirdi.
Aholiga xizmat ko’rsatish tizimini mutloq o’zgartirishimiz, fuqarolarimizga qulay shart-sharoitlar yaratishimiz hozirgi taraqqiy etgan zamon talabi desak hyech ham mubolag’a bo’lmaydi.
Sherobod tumanida 2022 yil yakuniga qadar umumiy qiymati 107 mlrd. 8 million so’m bo’lgan 31 ta loyihalar amalga oshirilishi hamda 319 ta yangi ish o’rinlari yaratilishi belgilangan.2022 yilning yanvar-aprel oylarida umumiy qiymati 7 mlrd 810 mln so’m bo’lgan 5 ta loyihalar amalga oshirildi va shundan 51 ta yangi ish o’rinlari yaratildi.
Qolaversa, hokim yordamchilarining tashabbusi bilan joriy yilda jami 14 112 ta yangi ish o’rinlari yaratilishi rejalashtirilgan bo’lib, shundan 1-chorak uchun belgilangan reja 3168 tani tashkil etadi. 1-chorak davomida esa 3570 dan ortiq ya’ni 112,7 foizga bajarildi. 2-chorakdagi reja esa 3648 ta bo’lib, bugungi kunga qadar 2600 dan ortiq fuqarolarning bandligi ta’minlandi.
Joriy yilning 14-15 may kunlari Toshkent shahrida IIV kasbiy tayyorgarlik boshqarmasi hamda O’zbekiston Fudokan karate Federasiyasi bilan hamkorlikda Fudokan karate sport turi bo’yicha yoshlar va kattalar o’rtasida O’zbekiston chempionati o’tkazildi. Unda Qoraqalpog’iston respublikasi, Toshkent shahar va barcha viloyatlardan jami 300 ga yaqin sportchilar ishtirok etishdi. Tumanimizning “Chag’atoy” mahallasida istiqomat qiluvchi Sarvara Imomova ham ushbu musobaqada ishtirok etib, o’z yosh toifasida g’olib bo’lib, Chexiyada bo’lib o’tadigan chempionatga yo’llanmani qo’lga kiritdi.
Bugun, 23 may kuni Sherobod tumani hokimligi binosi yonida tumandagi huquqni muxofaza qiluvchi organ vakillari, mahalla raislari, mahalla yetakchilari, jami 10 ta tashkilot vakillari jam bo’lishdi.
© Sherobod tumani hokimligi veb-saytlari 2022