Sherobod tumani hokimligi
YAYLOVLARNI MUHOFAZA QILISH VA ULARDAN OQILONA FOYDALANISHNING ZAMONAVIY MEXANIZMLARINI JORIY ETISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA

YAYLOVLARNI MUHOFAZA QILISH VA ULARDAN OQILONA FOYDALANISHNING ZAMONAVIY MEXANIZMLARINI JORIY ETISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-yanvarda PF-15-son Farmoni imzolandi. Unga ko’ra yaylovlarni muhofaza qilish, ulardan samarali va oqilona foydalanishni tashkil etish, yaylov xo‘jaligini rivojlantirishni yangi bosqichga olib chiqish, sohada boshqaruvning ixcham va samarali tizimini joriy etish, chorvachilik xo‘jaliklarining yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarini e’tirof etish maqsadida:

  1. Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo‘mitasi tugatiladi.

Ipakchilik qo‘mitasining:

yaylovlarni boshqarishga oid vazifa va funksiyalari — Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasiga;

pilla yetishtirish va ipakchilik sohasini rivojlantirishga oid vazifa va funksiyalari — Qishloq xo‘jaligi vazirligi hamda “O‘zbekipaksanoat” uyushmasiga;

Qorako‘lchilik va cho‘l ekologiyasi ilmiy-tadqiqot instituti hamda Buxoro cho‘l-yaylov ozuqabop o‘simliklar urug‘chiligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi — Veterinariya qo‘mitasi tizimiga;

Ipakchilik ilmiy-tadqiqot instituti va O‘zbekiston tabiiy tolalar ilmiy-tadqiqot instituti — Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizimiga o‘tkaziladi.

  1. Veterinariya qo‘mitasi raisining chorvachilik va yaylov xo‘jaligini rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimi kiritilsin va quyidagilar uning asosiy vazifalari etib belgilanadi:

yaylov yerlaridan samarali va maqsadli foydalanish, ularni muhofaza qilish, o‘simliklar tabiiy plantatsiyalarini yaratishga qaratilgan chora-tadbirlar ishlab chiqish;

yaylovlarda o‘simliklar urug‘chiligini rivojlantirish, yaylov yerlarini ijaraga berishni tashkil etish, shartnomaviy munosabatlarni monitoring qilish;

qorako‘l zotining genofondini saqlash, takror ko‘paytirish va takomillashtirish, seleksiya-naslchilik rejalarini amaliyotga tatbiq etish hamda infratuzilmalarni yaxshilash bo‘yicha takliflar ishlab chiqish.

  1. Quyidagilar:

Veterinariya qo‘mitasi muassisligida davlat muassasasi shaklida Qoraqalpog‘iston, Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo, Navoiy, Samarqand va Surxondaryo yaylov xo‘jaliklari;

Veterinariya qo‘mitasi, Kadastr agentligi, “O‘zbekkosmos” agentligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi hamda viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda 2025-yil oxiriga qadar yaylov yerlarini xatlovdan o‘tkazib, ularning amaldagi va davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan maydoni o‘zaro muvofiq bo‘lishini ta’minlanaladi.

  1. Yaylov yerlaridan samarali foydalanishni tashkil etish va ularni muhofaza qilish, qorako‘lchilik, teri va jun sanoati sohalarini yanada rivojlantirish bo‘yicha respublika komissiyasi tashkil etilsin va uning tarkibi 2-ilovagamuvofiq tasdiqlanadi.

Quyidagilar Respublika komissiyasining asosiy vazifalari etib belgilansin:

yaylov yerlaridan samarali va oqilona foydalanishni tashkil etish, qorako‘lchilik sohasida davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, ushbu yo‘nalishdagi tadbirkorlik subyektlarining o‘zaro hamkorligini ta’minlash;

qorako‘lchilik sohasini rivojlantirish bilan bog‘liq masalalarni muntazam ravishda muhokama qilib borish hamda bu boradagi mavjud muammolarni hal qilishga qaratilgan choralar ko‘rib borish;

qorako‘lchilik sohasini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha takliflar ishlab chiqish hamda yaylov ozuqabop ekinlar urug‘chiligini rivojlantirishga doir chora-tadbirlarni belgilash;

soha faoliyatini ilmiy asosda yo‘lga qo‘yish, ilmiy-tadqiqotlar, innovatsion ishlanmalar va seleksiya-naslchilik ishlari natijalari amaliyotga keng ko‘lamda joriy etilishini ta’minlash.

  1. Belgilab qo‘yilsinki:
  2. a) hududiy yaylov xo‘jaliklari yaylov yerlarini boshqarish va ulardan foydalanish, o‘zlariga doimiy foydalanish huquqi bilan berilgan yaylovlarni ijaraga berish sohasida o‘rmon xo‘jaliklari uchun belgilangan huquq va majburiyatlardan foydalanadi;
  3. b) yaylovlar chorvachilik va boshqa xo‘jaliklarga Respublika komissiyasining qaroriga asosan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ijaraga berilishi mumkin, bunda:

talabgor mazkur Farmon kuchga kirgan sanada yoki 2020-yil 1-sentabr holatida tegishli yaylov yeriga nisbatan ijara, doimiy foydalanish yoki doimiy egalik qilish huquqiga ega bo‘lishi lozim;

talabgor tegishli yaylovdan uzoq yillar samarali va oqilona foydalangan bo‘lishi, mazkur holat joyiga chiqqan holda tuziladigan dalolatnoma bilan tasdiqlanishi kerak;

Respublika komissiyasining mazkur masaladagi barcha qarorlari 2025-yil oxirigacha bo‘lgan muddatda qabul qilinishi va jamoatchilik tanishishi uchun e’lon qilinishi kerak;

qolgan yaylovlar jismoniy va yuridik shaxslarga o‘rmon fondi yerlari uchun belgilangan tartibda “E-auksion” savdo platformasida elektron onlayn auksion savdolari orqali yoki Veterinariya qo‘mitasi bilan qonunchilikda belgilangan tartibda tuziladigan davlat-xususiy sheriklik shartnomalariga muvofiq ijaraga beriladi;

  1. v) yaylovlar qirq to‘qqiz yilgacha ijaraga beriladi;
  2. g) ijara shartnomalari Respublika komissiyasining qarori yoki elektron onlayn auksion savdolari natijalari to‘g‘risidagi bayonnomaga asosan hududiy yaylov xo‘jaliklari bilan tuziladi va kadastr organlarida o‘rmon fondi yerlari uchun belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkaziladi;
  3. d) yaylov yerlari uchun ijara to‘lovlari hamda elektron onlayn auksion savdolari natijalariga ko‘ra yaylovlarga ijara huquqini olish uchun to‘lanadigan mablag‘lar operator xarajatlari chegirib tashlangan holda Veterinariya xizmati va chorvachilikni rivojlantirish jamg‘armasiga o‘tkazilib, uning alohida hisobi yuritiladi;
  4. e) hududiy yaylov xo‘jaliklarining doimiy foydalanishdagi yaylov yer maydonlari soliq solinadigan bazaga kiritilmaydi.
  5. Iqtisodiyot va moliya vazirligi ikki oy muddatda ushbu Farmonning 5-bandi “e” kichik bandidankelib chiqib Soliq kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritiladi.
  6. Veterinariya qo‘mitasi Raqamli texnologiyalar vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi bilan birgalikda 2025-yil 1-dekabrga qadar yaylovlardan samarali foydalanishni nazarda tutuvchi “E-yaylov” elektron platformasini ishga tushiriladi.
  7. Veterinariya qo‘mitasi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2025 — 2027-yillarda mavjud geobotanik tadqiqotlarni amalga oshirib, qayta baholashni va yerlarning haqiqiy normativ qiymati aniqlanishini ta’minlanadi.

Bunda yaylov yerlarining konturlar va foydalanuvchilar kesimidagi elektron xaritalari ishlab chiqilsin va Qishloq xo‘jaligi vazirligining yagona geoaxborot tizimiga kiritiladi.

 

Denov tumanlararo iqtisodiy sudi raisi

Z.X.Tojiyev

Izoh qoldirish

Ro`yxatdan o`tish
  • Hozir saytda
  • 6 ta foydalanuvchi hozir saytda
Sayt haqida firingiz?

Ўзбекистон Республикаси герби    Ўзбекистон Республикаси байроғи   Ўзбекистон Республикаси мадҳияси