Sherobod tuman IIB bo‘limi boshlig‘i Nurunbek Narzullayev tomonidan bugungi kunda chet elda migratsiyada bo‘lib turgan yoshlar va chet eldagi ishlab yurgan yoshlar bilan telegram platformasida videochat orqali muloqot bo‘lib o‘tdi.
Shuningdek, tuman IIB bo‘limi boshlig‘i tomonidan hozirda migratsiyaga bo‘lib turgan yoshlarga huquqiy tushunchalar berib, ularga tumanimizda ham yaxshi sharoitli ishlar borligini, hamda oilasi bag‘rida bo‘lishini ta’kidlab o‘tdi.
✏️ Uchrashuvda 22 nafardan ortiq migratsiyadagi yoshlar ishtirok etib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga hamda taklif va muammolariga tegishli javoblar berilishi ta’minlandi.
© Sherobod tumani hokimligi veb-saytlari 2025