IPO (ay-pi-o) – nima degani? IPO (Initial Public Offering) – bu aksiyalarni birlamchi ommaviy joylashtirishdir. Sodda qilib aytganda, kompaniya o‘z aksiyalarini (biznesdagi ulushlarini) odamlarga sotadi. Aksiyalarni xarid qilgan shaxslar aksiyadorlarga – ya’ni, ushbu kompaniyaning yirik bo‘lmagan ulushi (qismi) egasiga aylanishadi. Agar kompaniya muvaffaqqiyatli faoliyat yuritsa, aksiyalarning narxi ko‘tarilishi va aksiyadorlar bundan daromad topishlari mumkin.
“Xalqchil IPO” nima? “Xalqchil IPO” - O‘zbekistondagi maxsus dastur bo‘lib, u oddiy fuqarolarga mamlakatning yirik kompaniyalari aksiyalarini sotib olish imkonini beradi. Ushbu dastur doirasida aksiyalar istalgan shaxslar uchun savdoga chiqariladi, va unda siz ham ishtirok etib, aksiyador bo‘lishingiz mumkin!
Ushbu dasturda qaysi kompaniyalar ishtirok etadi? Davlat aktivlarini boshqarish agentligi ushbu dasturning birinchi bosqichida quyidagi kompaniyalarning aksiyalarini sotib olishni taklif qilmoqda:
Aksiyalarni qanday sotib olish mumkin?
Aksiyalarni sotib olishning 3 usuli mavjud:
1. E-auksion maxsus savdo platformasi orqali
Eslatib o‘tamizki, “bitta aktsiya – bitta lot” tamoyili asosidagi “Xalqchil IPO”sida ishtirok etish uchun aholining barcha qatlamlariga keng imkoniyat yaratish maqsadida, fuqarolar o‘rtasida ommalashishga ulgurgan va foydalanuvchilarga qulay bo‘lgan “E-auksion” maxsus platformasi orqali joriy imkoniyatlaridan foydalaniladi hamda jarayonga qiziqish bildirgan O‘zbekiston Respublikasining barcha rezidentlari (jismoniy va yuridik shaxslar)ning arizalari jumladan mazkur platforma orqali qabul qilinadi.
“Elektron onlayn auksionlarni tashkil etish” AJ Surxondaryo viloyati vakili
T.RASULOV
© Шеробод тумани ҳокимлиги веб-сайтлари 2024