Шеробод тумани ҳокимлиги
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari A.J.Ramatov Sherobodda

Unda Sherobod, Muzrabot, Angor, Termiz tumanlari va Termiz shahar hokimlari, qurilish bo‘yicha o‘rinbosarlar, shuningdek, tegishli viloyat, tuman korxona va tashkilot rahbarlari qatnashdilar.

Seminar davomida "To‘palang" suv ombori suvidan foydalanish hisobiga Surxondaryo viloyatining ichimlik suv ta’minotini yaxshilash ”loyihasi"ga start berilganligi shuningdek, 2021-2024 yillarga mo‘ljallangan loyiha doirasida viloyatning Sariosiyo, Denov, Oltinsoy, Sho‘rchi, Qumqo‘rg‘on, Bandixon, Sherobod, Muzrabot, Qiziriq, Jarqo‘rg‘on, Termiz va Angor tumanlari hamda Termiz shahrida istiqomat qiluvchi 1,7 million nafar aholi uzluksiz markazlashgan ichimlik suvi bilan ta’minlanishi xususida so‘z yuritildi.

Xususan “To’palang-Termiz” magistral suv tarmog‘i qurilishi natijasida Sherobod tumani bo‘yicha 34 ta mahallada 143106 nafar aholi ichimlik suvi bilan ta’minlanadi.

Ushbu boshlangan ishlar sifatli va belgilangan vaqtda topshirilishini niyat qilib, jonliq so‘yildi hamda Qur’on tilovat qilindi.

Изоҳ қолдириш

Рўйхатдан ўтиш
33 та фойдаланувчи ҳозир сайтда
Сайт ҳақида фирингиз?

Ўзбекистон Республикаси герби    Ўзбекистон Республикаси байроғи   Ўзбекистон Республикаси мадҳияси