Sherobod tumani hokimligi
MAHALLIY DAVLAT HOKIMIYATI ORGANLARI FAOLIYATI TAKOMILLASHTIRILMOQDA

Jumladan, mahalliy Kengashlarning nazorat faoliyatini kuchaytirishga qaratilgan huquqiy asoslar yaratildi, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining faoliyati ustidan xalq deputatlari Kengashlarining nazorat funksiyalarini kengaytirish maqsadida ularga o‘ndan ortiq qo‘shimcha vakolatlar berildi, shuningdek, prokuratura, adliya, ichki ishlar, moliya, soliq, ekologiya va sog‘liqni saqlash organlari rahbarlarining hisobdorligi belgilab qo‘yildi.

Bundan tashqari, yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiq mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari va ijro etuvchi hokimiyat organlari vakolatlari, mahalliy Kengash raisi va hokim lavozimlari bir-biridan ajratilganligi hokimiyatlar bo‘linishiga oid konstitutsiyaviy tamoyilning mahalliy darajada ijrosini ta’minlashda muhim qadam bo‘ldi.

Mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatining samaradorligini oshirish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2024 yil 02 fevral kuni imzolangan PF-28-son Farmon asosida asosida jamiyat va davlat hayotining muhim masalalarini hal etishda mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlarining rolini oshirish maqsadida xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining hamda Xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining vakolat va funksiyalari qayta belgilandi.

Ushbu Farmon asosida mahalliy Kengashlar zimmasiga vazifa va funksiyalar faqatgina qonun hujjatlari bilan yuklanishi, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tomonidan mahalliy Kengashlar faoliyatiga aralashishga yo‘l qo‘yilmasligi, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda vazifalarni mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari va ijro etuvchi hokimiyat organlari o‘rtasida aniq belgilash amaliyoti joriy etilishi, normativ-huquqiy hujjatlarda mahalliy davlat hokimiyati organlariga berilgan, mahalliy Kengashlarning qonunchilikda belgilangan vakolatlariga xos bo‘lmagan vazifalar ijrosi bo‘yicha mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari mas’ul hisoblanishi belgilandi.

Mazkur Farmon asosida yangi tahrirdagi Konstitutsiyada belgilangan hokimlar va xalq deputatlari Kengashlari vakolatlari taqsimlanishiga asoslangan davlat hokimiyatini tashkil etishning yangi modelini to‘liq amalga oshirish, mahalliy Kengashlarning davlat va jamiyat boshqaruvidagi rolini kuchaytirish, mahalliy davlat hokimiyatini yangicha konstitutsiyaviy-huquqiy sharoitlarda yo‘lga qo‘yish maqsad qilingan.

Surxondaryo viloyat sudi sudyasi ZUXRIDDIN MAVLONOV

Izoh qoldirish

Ro`yxatdan o`tish
1 ta foydalanuvchi hozir saytda
Sayt haqida firingiz?

Ўзбекистон Республикаси герби    Ўзбекистон Республикаси байроғи   Ўзбекистон Республикаси мадҳияси