Sherobod tumani hokimligi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 78-sessiyasida so‘zlagan nutqi yuzasidan

Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoev Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 78-sessiyasida nutq so‘zlab, unda hamjihatlik va amaliy hamkorlik ruhini saqlash, umumiy manfaatlarni mavjud ziddiyatlardan yuqori qo‘ygan holda mamlakatlarni jipslashtirish zarurligini qayd etib, o‘tgan yili yurtimizda umumiy xavfsizlik va taraqqiyotga qaratilgan “Samarqand birdamlik tashabbusi” ilgari surilganligi, asosiy maqsadimiz mamlakatlarimiz va xalqlarimizning bugungi kuni va istiqboli uchun mas’uliyatni har tomonlama chuqur anglash, ochiq va konstruktiv hamkorlikka tayyor barcha tomonlarni global muloqotga jalb qilishdan iborat ekanligi haqida so‘z yuritdi.

Shuningdek, Davlatimiz rahbari keyingi yillarda O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan va ortga qaytmas tus olgan keng ko‘lamli islohotlarga alohida to‘xtalib, global va mintaqaviy kun tartibidagi eng dolzarb masalalar yechimiga qaratilgan qator tashabbuslarni ilgari surdi.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi tashabbusi bilan kelgusi yilda Kelajak sammiti o‘tkazilishi xalqaro va mintaqaviy taraqqiyotning dolzarb muammolarini hal etishga, Tashkilotning ta’siri va samaradorligini yanada oshirishga xizmat qilishiga ishonch bildirildi hamda O‘zbekistonda yangilangan Konstitutsiya bo‘yicha o‘tkazilgan umumxalq referendumi milliy taraqqiyotning ustuvor yo‘nalishlarini belgilab berganligi va Konstitutsiyada millati, tili va dinidan qat’i nazar, barcha fuqarolarning tengligi, inson huquqlari, so‘z va vijdon erkinligi prinsiplariga sadoqat yana bir bor tasdiqlanligi qayd etildi.

Bundan tashqari, Prezident Sh.M.Mirziyoev afg‘on xalqiga insonparvarlik yordami ko‘rsatishni susaytirmaslik lozim, degan fikrni bildirib, prezident Afg‘onistonning muzlatilgan xalqaro aktivlarini bu yurtdagi o‘tkir ijtimoiy muammolarni hal etishga yo‘naltirish uchun maqbul mexanizmlarni ishlab chiqishga, dunyo hamjamiyatini Afg‘oniston muammosini hal etish yo‘lida birlashishga va bu borada BMT rahnamoligida Afg‘oniston bo‘yicha birgalikda ishlab chiqilgan, vaziyatga moslashuvchan va konstruktiv pozitsiyani belgilashga chaqirib, jahon miqyosida dinlararo bag‘rikenglik va hamjihatlik g‘oyalarini keng targ‘ib etish maqsadida O‘zbekistonda YuNESKO shafeligida Dinlararo muloqot va bag‘rikenglik xalqaro markazini tashkil etishni taklif qildi. Sessiyada O‘zbekiston Birlashgan Millatlar Tashkiloti institutlari va barcha davlatlar bilan keng ko‘lamli va uzoq muddatli sheriklikni chuqurlashtirishga tayyor ekani yana bir bor ta’kidlandi.

Surxondaryo viloyat sudi sudyasi ZUXRIDDIN MAVLONOV

Izoh qoldirish

Ro`yxatdan o`tish
7 ta foydalanuvchi hozir saytda
Sayt haqida firingiz?

Ўзбекистон Республикаси герби    Ўзбекистон Республикаси байроғи   Ўзбекистон Республикаси мадҳияси