Sherobod tumani hokimligi
MEDIATIV KELISHUV – NIZONI HAL QILISH KALITI

Xususan, O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi Surxondaryo viloyat hududiy boshqarmasi da’vogar “Bank” manfaatida sudga da’vo arizasi bilan murojaat qilib, unda javobgarlar “AAA” mas’uliyati cheklangan jamiyati shaklidagi qo‘shma korxonasi va fuqaro A.B.lardan kredit qarzdorligi uchun 514.582.198 so‘m undirish, undiruvni kredit ta’minoti sifatida garovga qo‘yilgan da’vogar va javobgar o‘rtasida 31.05.2021 yilda imzolangan mol-mulkni bahosi haqida kelishuv dalolatnomasiga asosan javobgarga 1.000.000.000 so‘mga baholangan Termiz shahrida joylashgan fuqaro A.B.ga tegishli bo‘lgan binoga qaratishni so‘ragan.

O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 166-moddasiga ko‘ra, sud taraflarni yarashtirish uchun choralar ko‘radi, ularga fuqarolik sud ishlarini yuritishning barcha bosqichlarida nizoni hal etishga ko‘maklashadi. Taraflar mediativ kelishuvni tuzib, nizoni o‘zaro talablarning to‘liq hajmida yoki qisman hal etishi mumkin. Mediativ kelishuv da’vo tartibida yuritiladigan har qanday ish bo‘yicha tuzilishi mumkin. Mediativ kelishuv birinchi instansiya sudida sud alohida xonaga (maslahatxonaga) sud hujjatini qabul qilish uchun chiqquniga qadar taraflar tomonidan tuzilishi mumkin. Mediativ kelishuv yozma shaklda tuziladi va mediativ kelishuvni tuzgan shaxslar yoki ularning vakillari tomonidan imzolanadi.

Mazkur Kodeks talabiga ko‘ra, taraflarning iltimosnomasi bo‘yicha, nizoni kelishuv yo‘li bilan hal qilish maqsadida suddan ko‘maklashishni so‘rab murojaat qilganliklarini inobatga olib, ularga sud tomonidan qonunda belgilangan zarur muddat berildi.

Mazkur nizo yuzasidan taraflar o‘rtasida 2023 yil 10 avgustda mediator orqali mediativ kelishuv tuzilgan bo‘lib, kelishuv da’vogar bank boshqaruvchisi va javobgar rahbari tomonidan imzolangan.

O‘zbekiston Respublikasining “Mediatsiya to‘g‘risida”gi Qonuni
15-moddasining 2-qismiga ko‘ra, mediatsiya suddan tashqari tartibda, nizoni sud tartibida ko‘rish jarayonida, sud hujjatini qabul qilish uchun sud alohida xonaga (maslahatxonaga) kirguniga qadar, shuningdek sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish jarayonida qo‘llanilishi mumkin. 

O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksi 122-moddasi 103-bandiga ko‘ra, taraflar o‘rtasida mediativ kelishuv tuzilgani da’vo arizasini ko‘rmasdan qoldirish uchun asos bo‘ladi.

Sud tomonidan qonuniy asoslarga ko‘ra, taraflar mediativ kelishuvga erishganliklari sababli da’vo arizasi ko‘rmasdan qoldirildi. Oqibatda esa, da’vo summasining 4 foizi miqdorida to‘lanishi lozim bo‘lgan davlat boji summasi tadbirkor ixtiyorida qoldi, shu bilan bir qatorda garov mulki bo‘lgan bino ham ularning tasarrufida qoldi.

Xulosa o‘rnida shuni ta’kidlash joizki, tadbirkorga kelishuvga erishish uchun qonunda belgilangan tartibda imkon berish orqali ortiqcha xarajatlar qilinishining oldi olindi.

Zero Qonun insofli va intizomli tadbirkorlarni qo‘llab quvvatlaydi.

Surxondaryo viloyat sudi sudyasi
Z.E.Mavlonov

Izoh qoldirish

Ro`yxatdan o`tish
  • Hozir saytda
  • 5 ta foydalanuvchi hozir saytda
Sayt haqida firingiz?

Ўзбекистон Республикаси герби    Ўзбекистон Республикаси байроғи   Ўзбекистон Республикаси мадҳияси