Har qanday ijtimoiy boshqaruv kabi jamoat xavfsizligini ta’minlash faoliyatini boshqarish ham o‘z tarkibiy elementlari, ya’ni boshqaruv sub’ekti, ob’ekti hamda ular o‘rtasidagi aloqa, amal qilish va hamkorlik muhitiga ega.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasi jamoat xavfsizligi konsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF-27-son (2021yil 29 noyabr) farmoni bilan tasdiqlangan «O‘zbekiston Respublikasi jamoat xavfsizligi konsepsiyasi»da jamoat xavfsizligini ta’minlash sohasini davlat tomonidan tartibga solishi belgilangan bo‘lib, unda sub’ektlarning hamkorlik bo‘yicha asosiy vazifalari belgilangan. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, jamoat xavfsizligini ta’minlash masalalari bo‘yicha barcha davlat organlari va tashkilotlari, jamoat birlashmalari, xalqaro tashkilotlar hamda fuqarolar bilan samarali hamkorligini ta’minlaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, jamoat joylarida, shu jumladan yo‘llarda, transport va turizm infratuzilmasi ob’ektlarida jamoat xavfsizligini ta’minlashga jalb etilgan barcha kuch va vositalar faoliyatini muvofiqlashtiradi, ular o‘rtasidagi hamkorlikni tashkil etadi hamda tashkiliy-uslubiy jihatdan qo‘llab-quvvatlaydi.
Mahalliy davlat hokimiyati organlari jamoat xavfsizligini ta’minlash xizmati sub’ektlari bilan o‘zaro hamkorlikda, jamoat xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan hududiy dasturlarni tasdiqlaydi va amalga oshiradi; yong‘in xavfsizligini ta’minlash tizimlari, shoshilinch tibbiy yordam xizmatlari, jamoat joylaridagi kommunikatsiya, muhandislik-texnik vositalar hamda boshqa tizimlarga qo‘yiladigan yagona huquqiy talablarga rioya etish chora-tadbirlarini nazorat qiladi va amalga oshiradi; tegishli hududdagi jamoat joylarida qurilish normalariga, texnik ekspluatatsiya qoidalariga, kommunikatsiya, ekologiya,sanitariya,epidemiologiya standartlari va talablariga rioya qilinishini nazorat qiladi; yo‘l harakatini tartibgxa solish va mavjud transportinfra tuzilmasidan oqilona foydalanish choralarini ko‘radi; jamoat xavfsizligini bevosita ta’minlovchi sub’ektlarni moddiy-texnik ta’minlash, ularning xodimlarini ijtimoiy himoya ilish darajasini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshiradi.
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari jamoat xavfsizligini ta’minlashga doir davlat dasturlarini, hududiy va idoraviy dasturlarni amalga oshirishda ishtirok etadi, shuningdek, jamoat xavfsizligi sohasidagi qonunchilik hujjatlarining ijro etilishi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshiradi.
Jamoat xavfsizligi konsepsiyasining 5-bandida “jamoat xavfsizligini ta’minlash davlat idorralari va tshkilotlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari, jamoat birlashmalari, fuqarolar xamda ommaviy axborot vositalari bilan xamkorlikda amalga oshiriladi”.
Jamoat xavfsizligini ta’minlashning yaxlit tizimini shakllantirish, ichki ishlar organlarining eng quyi bo‘g‘inidan respublika darajasigacha samarali hamkorlikdagi faoliyatini yo‘lga qo‘yish va zamonaviy ish uslublarini joriy etish borasida amalga oshi riligani slohotlar natijasida ichki ishlar organlari faoliyatini tashkil etishning “respublika–viloyat–tuman–mahalla” tizimi asosida yaxlit boshqaruv va uzluksiz nazorat qilish mexanizmlari shakllandi Mazkur tizimning joriy etilishi, ichki ishlar va boshqa davlat organlarining jamoat xavfsizligini ta’minlash borasidagi faoliyatini samarali muvofiqlashtirish ular o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni samarali tashkil etish orqali mamlakatimizda tinchlik va barqarorlikni ta’minlash imkonini bermoqda.
Ichki ishlar organlarining respublika miqyosida turdosh sohaviy xizmatlar faoliyatini boshqarish va muvofiqlashtirish hamda o‘zaro hamkorlikni ta’minlashning yagona tizimini yaratish maqsadida, jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi, yo‘l-harakati xavfsizligi va probatsiya xizmatlarini o‘z ichiga oladigan Jamoat xavfsizligi departamenti tashkil etildi.
Departament boshlig‘i ichki ishlar organlari tomonidan amalga oshiriladigan jamoat xavfsizligini ta’minlash tadbirlarining yagona muvofiqlashtiruvchisi hisoblandi. Shu bilan birga o‘zaro hamkorlikni ta’minlaydi.
Normativ-huquqiy hujjatlarda quyidagilar, Jamoat xavfsizligi departamentning jamoat xavfsizligini ta’minlovchi va unda ishtirok etuvchi sub’ektlarning faoliyatini muvofiqlashtirish sohasidagi asosiy va zifalari etib belgilangan:
Ichki ishlar organlari jamoat xavfsizligi bo‘linmalarining faoliyatini muvofiqlashtirish,kompleks tahlil qilish hamda ularga amaliy-uslubiy yordam ko‘rsatish;
Jamoat tartibini saqlash faoliyatini tashkil etish, jamoat joylarida aholining xavfsizligini ta’minlashda ichki ishlar organlari kuch va vositalarini samarali boshqarish choralarini ko‘rish;
Ichki ishlar organlarining huquqbuzarliklar profilaktikasi borasidagi faoliyatini ta’minlash, profilaktik hisob va ma’muriy nazoratdagi shaxslarni ijtimoiy moslashtirish ishlarini tashkil etish;
Voyaga yetmaganlar va yoshlar, ayniqsa ularning uyushmagan qismi bilan manzilli tarbiyaviy va profilaktik chora-tadbirlarni samarali tashkil etish orqali ular orasida huquqbuzarliklarning oldini olish;
Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash faoliyatini tashkil etish, yo‘l-transport hodisalarining barvaqt oldini olish, transport vositasini boshqarishga doir cheklovlarga rioya etilishini nazorat qilish;
Ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazolarni ijro etishni ta’minlash, probatsiya nazoratidagi shaxslarning xulq-atvorini nazorat qilish, ijtimoiy moslashtirish va qayta jinoyat sodir etilishining oldini olish ishlarini tashkil etish.
Jamoat tartibini saqlashga jalb qilingan kuch va vositalarni markazlashgan tarzda boshqarish tartibini samarali yo‘lga qo‘yish maqsadida Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti huzurida yagona muvofiqlashtirilgan idoralararo boshqaruv tizimi tashkil etilmoqda.
Respublikada jamoat tartibini ommaviy buzish bilan bog‘liq holatlar yuzaga kelgan taqdirda vakolatli idoralarning harakatlarini umumiy muvofiqlashtirish hamda o‘zaro hamkorlikni ta’minlash vazifasi ham Jamoat xavfsizligi departamenti zimmasiga yuklatilgan bo‘lib, bu borada uning qoshida yagona idoralararo boshqaruv shtabi tashkil etiladi.
Toshkent shahri va Toshkent viloyati ichki ishlar organlarining jamoat xavfsizligini ta’minlash borasidagi faoliyatini samarali tashkil etish hamda o‘zaro hamkorlikni tashkil etish maqsadida o‘ziga xos boshqaruv tizimi joriy etilgan bo‘lib, unga muvofiq, Toshkent shahri va Toshkent viloyatida jamoat xavfsizligini ta’minlash ushbu hududlardagi ichki ishlar va boshqa vakolatli organlarning mavjud kuch va vositalarini yagona «poytaxt mintaqasi» tamoyili asosida safarbar qilgan holda hamkorlikda amalga oshiriladi.
Yagona «poytaxt mintaqasi» tamoyili asosida ishlarni samarali tashkil etish maqsadida Toshkent shahar va Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmalari boshliqlarining ham raisligida Jamoat xavfsizligini ta’minlash masalalari bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengash tashkil etilgan bo‘lib, Toshkent shahar va Toshkent viloyati Milliy gvardiya boshqarmalarining boshliqlari Kengash raisining o‘rinbosarlari hisoblanadi.
Kengash yig‘ilishlari har oyda kamida bir marotaba o‘tkaziladi hamda ularda poytaxt mintaqasida kriminogen va ijtimoiy vaziyatni tahlil qilish natijasida aniqlangan muammolarni o‘zaro hamkorlikda hal etish bo‘yicha manzilli choralar belgilanadi.
Jamoat tartibini ommaviy buzish bilan bog‘liq holatlar yuzaga kelganda poytaxtdagi barcha ichki ishlar organlari faoliyatini, shuningdek, jamoat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha vakolatli davlat organlari va jamoat tuzilmalari kuch va vositalarining yagona tezkor boshqaruvi hamda o‘zaro hamkorlikni ta’minlash Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi zimmasiga, umumiy boshqaruvi ichki ishlar vaziri zimmasiga yuklatiladi.
Poytaxtdagi barcha ichki ishlar organlari faoliyatini, shuningdek, jamoat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha vakolatli davlat organlari va jamoat tuzilmalari kuch va vositalarining yagona tezkor boshqaruvini tashkil etish maqsadida Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi huzurida Yagona tezkor boshqaruv markazi tashkil etilgan bo‘lib, uning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
Poytaxt hududida kriminogen va ijtimoiy vaziyatni uzluksiz monitoring qilish, jamoat xavfsizligini ta’minlashga jalb etilgani chki ishlar organlari, Milliy gvardiya, Favqulodda vaziyatlar vazirligi va Toshkent shahar hokimligining tegishli kuch va vositalarini boshqarish;
jinoyat, hodisalar va favqulodda holatlar haqidagi xabarlarga tezkorlik bilan munosabat bildirish, jamoat tartibini ommaviy buzish bilan bog‘liq holatlar yuzaga kelganda vakolatli idoralarning harakatlarini markazlashgan holda muvofiqlashtirish.
Ichki ishlar organlarining jamoat xavfsizligini ta’minlash kuch va vositalarini Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar ,tuman va shahar miqyosida muvofiqlashtirish maqsadida, Qoraqalpog‘iston Respublikasi ichki ishlar vazirining, viloyat, tuman va shahar ichki ishlar organlari boshliqlarining o‘rinbosari–Jamoat xavfsizligi xizmati boshlig‘i lavozimi joriy etilgan bo‘lib, ularning bu boradagi asosiy vazifalari sifatida quyidagilar belgilandi:
patrul-post va yo‘l-patrul xizmati bo‘linmalari faoliyatini, shuningdek, mahallalar va jamoat joylarida manzilli profilaktik tadbirlar o‘tkazilishini muvofiqlashtirish;
muqaddam sudlangan va probatsiya hisobiga olingan shaxslar bilan ishlash hamda ichki ishlarorganlarining tungi xizmatini tashkil etish.
Mahalla huquq-tartibot maskani mahalla va qishloqlarda jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish faoliyatini bevosita amalga oshiradigan, shuningdek , fuqarolarning xavfsizligi va osoyishtaligini ta’minlash borasida ichki ishlar organlari, boshqa huquq-tartibot organlari va jamoat tuzilmalarining mahallalar kesimida birgalikda ishlashini tashkil etadigan ichki ishlar organlarining eng quyi bo‘g‘inidagi tarkibiy tuzilmasi hisoblanadi.
Profilaktika katta inspektori Mahalla huquq-tartibot maskanning bevosita rahbari hisoblanadi va uning asosiy vazifalaridan biri sifatida hududda jamoat tartibini saqlash va huquqbuzarliklar profilaktikasiga ko‘maklashish uchun yuborilgan Milliy gvardiya bo‘linmasi, boshqa vakolatli davlat organlarining xodimlari va jamoat tuzilmalari vakillarining faoliyatini muvofiqlashtirish yuklatilgan.
Xulosa o‘rnida fikr va mulohazalarga asoslangan holda shunday xulosaga kelish mumkinki, ichki ishlar organlarining jamoat tartibini saqlash faoliyatini tashkil etishda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va tizimlaridan keng foydalanilishi, jamiyatda tinchlik, osoyishtalikni samarali ta’minlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish, qolaversa, davlat boshqaruvi sohasida ichki ishlar organlarining roli, mavqeining yuksalishiga, fuqarolarimizning tizimga nisbatan ishonchi hamda hurmati oshishiga xizmat qildi.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi “Tashkiliy-taktik” Boshqaruv mutaxassisligi tinglovchisi podpolkovnik:R.R.Sobirov
© Sherobod tumani hokimligi veb-saytlari 2025
16 izoh