Sherobod tumani hokimligi
Ayollarni zo‘ravonlik va tazyiqlardan asrash – insoniylik burchimizdir

Xususan, "Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida"gi qonunda zo‘ravonlikning 4 turi ko‘rsatib o‘tilgan. Zo‘ravonlik holatlari bo‘yicha aniqlangan yoki kelib tushgan barcha xabarlar o‘rganib chiqilib, bunday salbiy holatning oldini olish maqsadida himoya orderlari berish amaliyoti joriy etildi.

Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan ayollarni himoya qilish maqsadida 2020 yil 04 yanvar kunidagi “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qaroriga asosan tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan xotin-qizlarga profilaktika inspektori tomonidan davlat himoyasini taqdim etuvchi hujjat - himoya orderi berish tartibi belgilandi.

Unga ko‘ra, tegishli hududda tazyiq va zo‘ravonlikning yakka tartibdagi profilaktikasini amalga oshirish uchun mas’ul bo‘lgan ichki ishlar organining mansabdor shaxsi tazyiq va zo‘ravonlik fakti yoki ularni sodir etish xavfi aniqlangan paytdan e’tiboran 24 soat ichida himoya orderini o‘ttiz kun muddatgacha beradi va ushbu order rasmiylashtirilgan paytdan e’tiboran kuchga kiradi. Agar xavf hali bartaraf etilmagan bo‘lsa, himoya orderining amal qilish muddati tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlanuvchining arizasiga ko‘ra ko‘pi bilan bir yilgacha muddatga jinoyat ishlari bo‘yicha sud tomonidan uzaytirilishi mumkin.

Himoya orderi berilishining asosiy maqsadi qaerda bo‘lishidan qat’iy nazar, zo‘ravonlik holatlariga barham berish va takroriy zo‘ravonlik yoki tazyiq holatlarining oldini olishdir.

Shuningdek, “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunning 30-moddasida tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlanuvchiga yordam ko‘rsatgan shaxslarga ma’lum bo‘lib qolgan barcha shaxsga doir ma’lumotlar tegishli qonun hujjatlari bilan qo‘riqlanishi, tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlanuvchilarning shaxsiga doir ma’lumotlari ishonib topshirilgan hamda kasbiy, xizmat yoki mehnat majburiyatlarini bajarishi munosabati bilan bu ma’lumotlar o‘ziga ma’lum bo‘lib qolgan, ushbu ma’lumotlarni oshkor etishga yo‘l qo‘ygan shaxslar qonunda nazarda tutilgan javobgarlikka tortilishi ham belgilandi.

Shu boisdan, tazyiq va zo‘ravonlik sodir etgan yoki sodir etishga moyil hamda zo‘ravonlikdan jabrlangan shaxslarga doir ma’lumotlar sir saqlanadi. Ko‘ngilsiz holatlar bo‘yicha xabar bergan shaxslarning ham ma’lumotlari oshkor etilmaydi.

Bundan tashqari, xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‘lishi ham mazkur Qonun asosida belgilangan.

Mazkur Qonun asosida xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish sohasidagi munosabatlarni tartibga solish maqsad qilingan.


Surxondaryo viloyat sudi 
sudyasi
Z.E.Mavlonov

Izoh qoldirish

Ro`yxatdan o`tish
3 ta foydalanuvchi hozir saytda
Sayt haqida firingiz?

Ўзбекистон Республикаси герби    Ўзбекистон Республикаси байроғи   Ўзбекистон Республикаси мадҳияси