Sherobod tumani hokimligi
Yangi tahrirdagi Konstitutsiyani amalga oshirish tartibi Konstitutsiyaviy Qonun asosida belgilandi

Mazkur qonun asosida amaldagi chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senati ushbu Konstitutsiyaviy Qonun kuchga kirgan paytdan e’tiboran o‘z faoliyatini yangi tahrirdagi Konstitutsiyada belgilangan vakolatlarga muvofiq amalga oshirishi, Konstitutsiyaning 92-moddasi 3-qismining  Oliy Majlis Senatining saylanadigan (tayinlanadigan) a’zolari sonini belgilovchi qoidalari 2024 yilda navbatdagi chaqiriqdagi Senat shakllantirilishi boshlanganidan amalga kiritilishi belgilandi.

Bundan tashqari, tegishli normativ-huquqiy bazani tayyorlash, mahalliy vakillik va ijro etuvchi davlat hokimiyati organlari faoliyatining izchilligi hamda uzluksizligini ta’minlash zarurligi munosabati bilan yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning 120-moddasi 
3-qismining viloyat, tuman, shahar hokimi lavozimini egallab turgan shaxs bir vaqtning o‘zida xalq deputatlari Kengashi raisi lavozimini egallashi mumkin emasligi haqidagi qoidalari viloyatlar hamda Toshkent shahar vakillik va ijro etuvchi davlat hokimiyati organlariga nisbatan 2024 yilda xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari deputatlarining navbatdagi saylovlari yakunlari bo‘yicha, tuman hamda shahar vakillik va ijro etuvchi davlat hokimiyati organlariga nisbatan esa 2026 yil 01 yanvar kunidan e’tiboran amalga kiritilishi belgilandi.

Shuningdek, ushbu qonunda O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi odil sudlovni amalga oshirishda sudlar tomonidan konstitutsiyaviy normalar to‘g‘ri va bir xilda qo‘llanilishini ta’minlash maqsadida barcha instansiya sudlari tomonidan ishlarni ko‘rib chiqishning yangi tahrirdagi Konstitutsiya normalarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri amal qiluvchi hujjat sifatida qo‘llash yuzasidan yagona sud amaliyoti to‘g‘risidagi Oliy sud Plenumi qarorini uch oylik muddatda qabul qilishi belgilandi.

Surxondaryo viloyat sudi sudyasi
Z.E.Mavlonov

Izoh qoldirish

Ro`yxatdan o`tish
  • Hozir saytda
  • 5 ta foydalanuvchi hozir saytda
Sayt haqida firingiz?

Ўзбекистон Республикаси герби    Ўзбекистон Республикаси байроғи   Ўзбекистон Республикаси мадҳияси