Ushbu qabulda tuman hokimining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari U.Panjiev, 3-sektor rahbari, tuman Ichki ishlar boʻlimi boshligʻi Oʻ.Shukurov, tuman Prokurori katta yordamchisi F.Ashurov, Qabulxona mudiri U.Choriev hamda tegishli korxona va tashkilot rahbarlari ishtirok etishdi. Tashkil etilgan tadbirkorlar bilan boʻlgan yuzma-yuz muloqotda 63 nafar tadbirkorlar qatnashib, ular tomonidan jami 38 ta murojaat qabul qilindi. Mazkur murojaatlar yuzasidan muddat belgilanib, ijrosi nazoratga olindi hamda 12 ta murojaat joyida ijobiy hal etilgan boʻlsa qolgan 13 ta murojaat esa huquqiy tushuntirishlar berib oʻtildi.
© Sherobod tumani hokimligi veb-saytlari 2024