Sherobod tumani hokimligi
Sayyor qabul — aholi muammolari yechimi garovi

Bugun Sherobod tumani hokimi hamda sektor rahbarlari, shuningdek, tegishli mas’ullar ishtirokida “Do'stlik“ mahallasida aholi va yoshlar bilan navbatdagi sayyor qabul bo‘lib o‘tdi.

Qabulda tuman hokimi Usmon Alimov, tuman prokurori J.Kenjayev, tuman Soliq inspeksiyasi bo'limi boshlig'i B.Akramov hamda tumandagi korxona va tashkilot rahbarlari, mas’ullar ishtirok etishdi.

Sayyor qabulda tabiiy gaz, elektr energiyasi, kadastr, tibbiyot, ichki yo‘llar ta’miri, aholi bandligini ta’minlash, moddiy yordamlar olish kabi masalalar yuzasidan murojaatlar eshitildi.

Mas’ullarga muammolarni qisqa fursatlarda bartaraf etish, ijobiy yechim topib, aholi roziligini ta’minlash vazifalari yuklatildi hamda ijrosi nazoratga olindi.

Hududlarda xalq bilan muloqotlar, sayyor qabullar muntazam davom ettirilmoqda.

Izoh qoldirish

Ro`yxatdan o`tish
  • Hozir saytda
  • 6 ta foydalanuvchi hozir saytda
Sayt haqida firingiz?

Ўзбекистон Республикаси герби    Ўзбекистон Республикаси байроғи   Ўзбекистон Республикаси мадҳияси