Sherobod tumani hokimligi
Sherobod tumani madaniyat markazida aholini kichik va o‘rta biznesga keng jalb qilish, ularning bandligini ta’minlash bo‘yicha seminar bo‘lib o‘tdi.

Bugun Sherobod tumanida aholini tadbirkorlikka keng jalb qilish va ularni bandligi ta’minlash maqsadida Respublika Iqtisodiyot va moliya vazirligi departament direktori S.Tangriberdiyev boshchiligida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bank raisi o‘rinbosari A.Turdaliyev va mas’ul xodimlari va Biznesni rivojlantirish banki mutaxassislari ishtirokida o‘quv seminar bo‘lib o‘tdi.

O‘quv seminarda mahalla hokim yordamchilari, tadbirkorligini boshlamoqchi bo‘lgan yoshlar hamda tadbirkorligi bor va muammolarga duch kelgan aholi vakillari ishtirok etib o‘zini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

Xususan seminarda biznesga birinchi qadam va tadbirkorlikni boshlashda yo‘l qo‘yiladigan xatolar yuzasidan tushunchalar berildi. Undan so‘ng aholini moliyaviy savodxonligini oshirish hamda Kibr-o‘g‘irliklar qurboniga aylanmaslik bo‘yicha tushunchalar berilib aholi vakillarini ogohlikka chaqirdi.

Biznesni rivojlantirish banki tomonidan kredit mablag‘lari olish tartibi va kimlarga va qay tartibda berilishi bo‘yicha ma’lumotlar berib o‘tildi.

Izoh qoldirish

Ro`yxatdan o`tish
13 ta foydalanuvchi hozir saytda
Sayt haqida firingiz?

Ўзбекистон Республикаси герби    Ўзбекистон Республикаси байроғи   Ўзбекистон Республикаси мадҳияси