Tadbir jarayonida mavzuga doir rasmlar tanlovi o‘tkazilib, unda tumandagi umumta’lim maktablarida tahsil olayotgan 12 yoshdan 17 yoshgacha bo‘lgan o‘quvchilar ishtirok etishdi. Yakunda eng yaxshi deb topilgan asar mualliflari tashkilotchilar tomonidan taqdirlandi.
Shuningdek, o‘quvchi-yoshlarni ekstremizm va terrorizmning salbiy oqibatlaridan ogoh etish maqsadida “Biz jamiyatimizda har qanday radikallashuvga, yoshlarimiz ongini buzg‘unchi yot g‘oyalar bilan zaharlanishiga, ma’rifat o‘rnini jaholat egallashiga yo‘l qo‘ymaymiz” mavzusida targ‘ibot-tashviqot ishlari ham amalga oshirilmoqda.
© Sherobod tumani hokimligi veb-saytlari 2023