Sherobod tumani hokimligi
Sherobod tumaniga tashrif: Anorzor, yangi o‘zlashtirilayotgan yerlar, sug‘orish tizimlarini yaxshilash loyihalari taqdimoti bilan tanishildi

Jumladan;
➖ Sherobod tumani “O‘zbekiston” hududida “Sadorbek Sultonbek Samir Daler” MCHJ tomonidan tashkil etilgan 43 gektarlik anorzor oraliq maydonlarida yetishtirilayotgan sabzavot ekinlari ko‘zdan kechirildi. Shu yerning o‘zida “Pomir agro klaster” MCHJ tomonidan “Tallashqon” va “O‘zbekiston” hududlaridagi 2 863 gektar maydonga qo‘shimcha 1 500 gektar yerni o‘zlashtirish va yangi bog‘zorlar tashkil etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar taqdimoti bilan tanishildi;

➖ Tumanning “O‘zbekiston” hududidagi 600 gektar maydonning oqova suv ta’minotini yaxshilash loyihasi taqdimot qilindi. Viloyat rahbari “Amuzang Surxon” irrigatsiya boshqarmasi hamda tuman rahbarlariga yangi suv nasosi o‘rnatish, 2 km elektr tarmog‘ini tortish topshirig‘ini berdi;

➖ “Poshxurt” massivida davlat dasturi asosida qurilgan artezian quduqlaridan unumli foydalangan holda hududda bog‘dorchilik va chorvachilikni rivojlantirish maqsadida 500 gektar maydonni foydalanishga kiritish loyihasi muhokama qilindi. Mas’ullarga tegishli vazifalar belgilab berildi.

Shuningdek, tumanga tashrif davomida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida kuzgi daraxt ko‘chatlari ekish va obodonlashtirish ishlarining borishi hamda Sherobod va Muzrabot tumani chegarasida joylashgan “Muzrabot ota” ziyoratgohi bilan ham tanishildi.

Izoh qoldirish

Ro`yxatdan o`tish
11 ta foydalanuvchi hozir saytda
Sayt haqida firingiz?

Ўзбекистон Республикаси герби    Ўзбекистон Республикаси байроғи   Ўзбекистон Республикаси мадҳияси