Sherobod tumani hokimligi
11 oktabr — “Xalqaro qizlar kuni”

Ushbu kun munosabat bilan tuman madaniyat markazida «Qizlar millat tayanchi» shiori ostida «Sening tashabbusing-Sening kelajaging uchun» qizlar forumi o‘tkazildi.

Forumda maktablarda ta’lim olayotgan ziyrak, iqtidorli va iste’dodli qizlarning qo‘l mehnati yordamida yasagan buyumlari ko‘rgazmasi tashkil etilib, tadbir ishtirokchilari bu yoshlarning ijod namunalaridan tayyorlangan ko‘rgazma bilan tanishdi.

Tadbir davomida har bir faol qizlarning yutuqlari haqida so‘z yuritilib, ularga forum tashkilotchilari tomonidan tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari tantanali topshirildi.

Bu forumni o‘tkazishdan asosiy maqsad qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning kiyinish va nutq madaniyatini oshirish, yoshlarimiz ongini yot g‘oyalardan va illatlardan asrash, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etishdan iborat.

Izoh qoldirish

Ro`yxatdan o`tish
20 ta foydalanuvchi hozir saytda
Sayt haqida firingiz?

Ўзбекистон Республикаси герби    Ўзбекистон Республикаси байроғи   Ўзбекистон Республикаси мадҳияси