Sherobod tumani hokimligi
“Yil ayoli” milliy tanloviga marhamat!

Tanlov orqali mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga o‘zining ulkan hissasini qo‘shib kelayotgan, yuksak ma’naviyatli, oilada va farzand tarbiyasida ibrat, o‘zi faoliyat ko‘rsatayotgan soha nufuzini oshirishda faol ishtirok etayotgan turli soha egalari bo‘lgan xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash maqsad qilingan.

Tanlov 3 bosqichda o‘tkaziladi

1-bosqich – tuman va shaharlarda oktabr oyida;
2-bosqich (hududiy bosqich) – Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida noyabr oyida;
3-bosqich respublika bosqichi dekabr oyining oxirgi 10 kunligida tantanali tarzda o‘tkaziladi.

Tanlovda 35 yoshdan yuqori bo‘lgan, o‘zi faoliyat ko‘rsatayotgan tashkilot nufuzini oshirishda faol ishtirok etayotgan hamda yo‘nalishi bo‘yicha faoliyat bilan kamida 5 yil mobaynida uzluksiz shug‘ullanib kelayotgan xotin-qizlar hamda uy bekalari ishtirok etishlari mumkin.

1, 2 va 3-o‘rin sovrindorlari hamda “Yilning eng vatanparvar ayoli”, “Yilning eng yaxshi uy bekasi” kabi 10 ta nominatsiya bo‘yicha g‘oliblar aniqlanadi.

Tanlovning Respublika bosqichida oliy o‘rin-Gran prini qo‘lga kiritgan ishtirokchi oliy darajadagi diplom, statuetka va Prezident sovg‘asi-avtomobil bilan, 1-o‘rinni olgan ishtirokchi I-darajali diplom va bazaviy ҳisoblash miqdorining 50 baravari miqdorida pul mukofoti bilan;
2-o‘rinni olgan ishtirokchi II-darajali diplom va bazaviy hisoblash miqdorining 40 baravari miqdorida pul mukofoti bilan;
2-o‘rinni olgan ishtirokchi III-darajali diplom va bazaviy hisoblash miqdorining 30 baravari miqdorida pul mukofoti bilan;

Tanlovda ishtirok etish uchun hujjatlar hududdagi tuman (shahar) tashkiliy qo‘mitalariga 1 oktabrga qadar qabul qilinadi.

“Yil ayoli” milliy tanlovi bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumotlarni Oila va xotin-qizlar qo‘mitasining 71 202-10-76 telefoni, shuningdek, qo‘mitaning hududiy boshqarmalariga murojaat etish yoki ularning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali olish mumkin.

Izoh qoldirish

Ro`yxatdan o`tish
9 ta foydalanuvchi hozir saytda
Sayt haqida firingiz?

Ўзбекистон Республикаси герби    Ўзбекистон Республикаси байроғи   Ўзбекистон Республикаси мадҳияси