Shu munosabat bilan bugun, 16 sentabr kuni tumanining 1-sektor hududi “Bahor” mahallasi 2-umumta’lim maktabida, 2-sektor hududi “Boybuloq” mahallasi 29-umumta’lim maktabida, 3-sektor hududi “G‘urjak 1” mahallasi 5-umumta’lim maktabida hamda 4-sektor hududi “Qorabog‘” mahallasidagi 34-umumta’lim maktabida sektor rahbarlari va boshqa mas’ullar ishtirokida "Otalar yig‘ilishi" o‘tkazildi.
Yig‘ilishda ta’lim tarbiyaga e’tibor qaratish, kiyishlar madaniyati, ularning dunyoqarashi, milliy mentalitetimiz va jamiyatimiz rivojlanishida yoshlarning o‘rni, ularni munosib hayot kechirishlari uchun hozirdan muhim kasblarga o‘rgatish, farzand tarbiyasida otalarning o‘rni haqida fikr mulohazalar yuritildi.
© Sherobod tumani hokimligi veb-saytlari 2023