Sherobod tumani hokimligi
Inson qadri uchun qulayliklar yaratilmoqda-“Sherobod” mahallasida tibbiyot punkti ochildi

Shu maqsadda aholiga birlamchi tibbiy-sanitariya yordamini ko‘rsatish, kasalliklarni profilaktika qilish va barvaqt aniqlash maqsadida tumanining “Sherobod” mahallasi hududiga maxsus konteynerlar o‘rnatildi va tantanali ravishda ochib berildi.

Tadbir davomida 2023 yil 1 avgustdan 1 sentabrga qadar keksa va nuroniylarni sog‘lomlashtirish oyligi munosabati bilan nuroniylarimiz bepul chuqurlashtirilgan ko‘rikdan o‘tkazildi.

Mahalla tibbiyot punktlarida oilaviy shifokor va patronaj hamshirasi tomonidan qon bosimi hamda tana haroratini o‘lchash, zarur hollarda shoshilinch tibbiy xizmat ko‘rsatish, ko‘rsatmaga muvofiq vena va mushak orasiga infeksiyalar yuborish kabi birlamchi tibbiy xizmat amalga oshiriladi.

Izoh qoldirish

Ro`yxatdan o`tish
6 ta foydalanuvchi hozir saytda
Sayt haqida firingiz?

Ўзбекистон Республикаси герби    Ўзбекистон Республикаси байроғи   Ўзбекистон Республикаси мадҳияси