Sherobod tumani hokimligi
Sherobodda probatsiya hisobida turgan shaxslarning muammolari tinglandi

Suhbat jarayonida 5 nafar nazoratda turgan shaxslar tomonidan kredit olish istagini bildirib, murojaat qilishdi. Mas’ullar tomonidan ushbu murojaat nazoratga olinib, tegishli tartibda amalga oshirilishi bo‘yicha vazifalar belgilab olindi.

Shuningdek, 2023 yil 6 oy davomida jinoyatchilik bo‘yicha qizil toifaga kiritilgan "Kattahayot" mahallasi beshligining yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklari tanqidiy tahliliy muhokama qilindi, huquqbuzarlik va jinoyatchilik sodir etilishining oldini olish bo‘yicha rasman ogohlantirildi.

Ushbu uchrashuvdan ko‘zlangan maqsad nazoratda turgan shaxslarni qayta jinoyat sodir etilishini oldini olish, bandligini ta’minlash hamda hayotga moslashtirishdan iboratdir.

Izoh qoldirish

Ro`yxatdan o`tish
6 ta foydalanuvchi hozir saytda
Sayt haqida firingiz?

Ўзбекистон Республикаси герби    Ўзбекистон Республикаси байроғи   Ўзбекистон Республикаси мадҳияси