Sherobod tumani hokimligi
Viloyat hokimi kubogi uchun o‘tkazilgan futbol musobaqasida Sherobodlik yoshlar g‘olib bo‘lishdi

Musobaqaning final bosqichi joriy yilning 26 yanvar kuni Termiz shahrida bo‘lib o‘tgan edi. Unda Denov va Sherobodlik yoshlar o‘zaro kuch sinashishdi. Qizg‘in va murosasiz bahslarga boy tarzda o‘tgan musobaqaning yakuniy natijalariga ko‘ra Sherobodlik yoshlarning omadi kelib g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

G‘olib bo‘lgan yoshlarni tuman hokimi Z.Xalilov hamda sektor rahbari va boshqa mas’ullar ishtirokida 1-o‘ringa televizor va telefon, 2-o‘ringa duxovka hamda 3-o‘ringa esa termafot esdalik sovg‘alari bilan taqdirlashdi.

Shuningdek, "Bahor" mahallasi yoshlariga viloyat hokimi kubogi hamda Damas avtomobil topshirildi.

Ma’lumot o‘rnida 1-o‘rin “Bahor”, 2-o‘rin “G‘urjak 1” hamda 3-o‘rin “Galaguzar” mahallasi yoshlari g‘oliblikni qo‘lga kiritishgan.

Izoh qoldirish

Ro`yxatdan o`tish
18 ta foydalanuvchi hozir saytda
Sayt haqida firingiz?

Ўзбекистон Республикаси герби    Ўзбекистон Республикаси байроғи   Ўзбекистон Республикаси мадҳияси