Sherobod tumani hokimligi
"Oila muqaddas dargoh, uni asrash avaylash hammani burchi"

Bugun, 26 may kuni tuman Madaniyat va turizm bo‘limida Oila va xotin-qizlar tuman bo‘limi, tuman Adliya bo‘limi, tuman Ichki ishlar bo‘limi, Fuqarolik ishlari bo‘yicha Sherobod tumanlararo sudi, Sherobod tumanlararo iqtisodiy sudi, Sherobod jome masjidi hamda mahallalardagi xotin-qizlar faollari bilan hamkorlikda tumandagi ajrim yoqasidagi 72 ta nizoli oilalarning muammosini o‘rganish, ular bilan suhbatlashib, yarashish uchun imkon berish maqsadida “Ajrim yechim emas” mavzusida uchrashuv o‘tkazildi.

Shundan so‘ng har bir oila bilan alohida suhbat o‘tkazilib, ularning muammolari o‘rganildi. Eng achinarlisi, o‘rtada norasida go‘daklar bo‘la turib, oilani buzishga arzimaydigan sabablar bilan ham ajrashmoqchi bo‘lgan juftliklarning borligidir. Suhbatlar davomida 14 ta oila yarashtirildi hamda vakillariga tushuntirishlar, oilani saqlab qolish, oilaviy muammolarning yechimi borasida taklif va tavsiyalar berildi.

Izoh qoldirish

Ro`yxatdan o`tish
2 ta foydalanuvchi hozir saytda
Sayt haqida firingiz?

Ўзбекистон Республикаси герби    Ўзбекистон Республикаси байроғи   Ўзбекистон Республикаси мадҳияси