Seminarda Oʼzbekistonning yangilanayotgan Konstitutsiyasi va unga kiritilayotgan oʼzgartirish va qoʼshimchalar haqida batafsil maʼlumotlar berildi. Xotin-qizlarning huquqlari, ularning mavqeilarini oshirish borasida kiritilayotgan oʼzgartirish va qoʼshimchalar haqida tushuntirildi.
Shuningdek, targʼibot tadbirida soʼzga chiqqanlar yangi konstitutsiyaning mamlakatimiz hayotida tutgan oʼrni, unga kiritilayotgan yangi qoʼshimchalar va oʼzgarishlar inson qadrini bundan-da yuksalishiga xizmat qilishini taʼkidlab, barchani 30 aprelь kuni boʼlib oʼtadigan referendumda faol ishtirok etishga chaqirdi.
© Sherobod tumani hokimligi veb-saytlari 2025