Sherobod tumani hokimligi
Sherobod tumanida yana bir maktabgacha ta`lim tashkiloti foydalanishga topshirildi
Fotojamlanma / 2021-04-14

14-aprel kuni tumanning 1-sektor hududi “ Buyuk ipak yoʼli” mahallasida yangi tashkil etilgan 180 oʼringa moʼljallangan 5-sonli maktabgacha taʼlim tashkiloti foydalanishga topshirildi. Ushbu maktabgacha taʼlim tashkilotining tantanali ochilish marosimida tuman Mahalla va oilani qoʼllab-quvvatlash boʼlimi keksalar va faxriylarni qoʼllab-quvvatlash va yoshlarni vatanparvarlik ruxida tarbiyalash boʼyicha oʼrinbosari А.Choriev, tuman hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʼyicha oʼrinbosari M.Choriev, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining Sherobod tumanidagi Xalq qabulxonasi mudiri А.Joʼraev va tuman mutasaddilari hamda maktabgacha taʼlim tashkiloti masʼul xodimlari, ishtirok etdi. Tadbirda maktabgacha taʼlim tashkiloti tarmogʼini hozirgi zamon talablari va standartlari asosida rivojlantirishga qaratilayotgan eʼtibor yuksak samaralar berayotgani taʼkidlandi.

 

 

6 izoh

Izoh qoldirish

Ro`yxatdan o`tish
2 ta foydalanuvchi hozir saytda
Sayt haqida firingiz?

Ўзбекистон Республикаси герби    Ўзбекистон Республикаси байроғи   Ўзбекистон Республикаси мадҳияси