O‘zbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksi
25-moddasida nazarda tutilgan hollar sudga taalluqlilik belgilab qo‘yilgan hamda sud ishini yuritishga oid yangi protsessual huquq normalari aks etganligini ko‘rishimiz mumkin.
Shuningdek, tadbirkorlik sub’ektlari yoki fuqarolar ham iqtisodiy sudlarga murojaat qilishayotganida mazkur tartib qoidalarga to‘liq rioya qilgan xolda murojaat qilishlari lozim bo‘ladi.
Ishlarning iqtisodiy sudlarga taalluqliligi o‘zi nima? - Iqtisodiy sudlar sud hokimiyatining bir tarmog‘i sifatida qonunchilik bilan faqat o‘ziga yuklatilgan nizolarga doir ishlarni ko‘rib chiqib hal qiladi.
Qonunchilik deganda O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy Protsessual kodeksi va boshqa qonunchiliklar tushuniladi.
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy Protsessual kodeksi 25-moddasida iqtisodiy sudlarning sudloviga taalluqli bo‘lgan ishlar ro‘yxati belgilab qo‘yilgan va bular quyidagilardan iborat:
Iqtisodiy sudlarda ko‘riladigan ishlarning asosiy qismini iqtisodiyot sohasida yuridik shaxslar, yuridik shaxs tuzmagan holda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan va yakka tartibdagi tadbirkor maqomini qonunda belgilangan tarzda olgan fuqarolar o‘rtasidagi fuqaroviy va boshqa huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan nizolarga doir ishlar tashkil qiladi va bunday ishlar iqtisodiy sudga taalluqli bo‘ladi va iqtisodiy sudi ko‘rib chiqishga haqlidir.
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy Protsessual kodeksi 3-moddasida sudga murojaat qilishda nizolarning toifasiga ko‘ra qanday turdagi hujjatlar taqdim etilishi bayon qilingan. Iqtisodiy sudda ish qo‘zg‘atish uchun manfaatdor shaxslar, prokuror yoki qonun bo‘yicha yuridik shaxslar, fuqarolar, davlat va jamiyat huquqlari hamda qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini himoya qilish maqsadida sudga murojaat qilish huquqiga ega davlat organlari va boshqa tashkilotlarning da’vo ariza (ariza)lari asos bo‘ladi.
Sudya da’vo ariza (ariza)larni sudga kelib tushgan kundan boshlab
5 kundan kechiktirmasdan yakka tartibda ish yuritishga qabul qilish, qabul qilishni rad etish yohud qaytarish masalasini hal qiladi.
Sherobod tumanlararo iqtisodiy
sudining devonxona mudiri
R.X.Samatov
© Sherobod tumani hokimligi veb-saytlari 2025