Bunda uy-joyning umumiy qiymatining boshlang‘ich 15 % dan 10 % qismini Davlat tomonidan qoplab beriladi, qolgan 5% qismini fuqaroning o‘z mablag‘i tomonidan qoplanadi. Hamda birinchi 5 yil davomida ipoteka krediti bo‘yicha foiz to‘lovlari bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash uchun 10 foizlik punktdan oshgan qismiga davlat tomonidan subsidiya mablag‘lari ajratiladi.
Subsidiya ariza topshirgan har bir talabgorga berilavermaydi.
Bunda mas’ul tashkilotlar vakillaridan shakllantirilgan maxsus komissiya tegishli mezonlar asosida ariza beruvchi tomonidan taqdim etilgan hujjatlarning haqqoniy ekanini baholanadi.
Baholashda talabgor va uning oilasi daromadi, turar-joy maqomi, ijtimoiy himoyaga muhtojligi, shuningdek, oilada nogironligi mavjud bo‘lgan shaxslar inobatga olinadi.
Subsidiya olishda quyidagi hujjatlar talab etiladi:
– pasport;
– oila a’zolarining pasporti va nikoh qayd etilganligi guvohnomasi (to‘liq oila va voyaga yetgan farzandi(lari) bo‘lganda) va farzandlarining tug‘ilganlik haqidagi guvohnomalari (agar voyaga yetmagan bo‘lsa) nusxasi;
– nikoh bekor qilinganligi haqidagi guvohnoma yoki nikoh haqiqiy emas deb topilganligi to‘g‘risidagi sud qarori (nikoh qayd etilgan hollarda) va oilaviy holati to‘g‘risida FHDYo organlari arxividan ma’lumotnoma nusxasi (nikoh qayd etilmagan hollarda);
– doimiy yashash joyidan kadastr raqami va turiga tegishli ma’lumotlar;
– doimiy yashash joyidan uy daftarining yoki kvartira kartochkasining (17-shakl bo‘yicha) nusxasi;
– ariza beruvchi va birgalikda qarz oluvchilarning daromadi hamda ushlab qolingan daromad soliqlari haqida ma’lumotnoma.
Ijobiy javob olingan taqdirda fuqaro o‘z tanloviga ko‘ra subsidiyani uy-joy sotib olish uchun boshlang‘ich badal yoki kredit foiz to‘lovlarining bir qismini qoplashga qaratilgan mablag‘ shaklida olishi mumkin bo‘ladi.
To‘liq ma’lumot olish uchun:
Sherobod tumanida subsidiya bo‘yicha mas’ul xodim
+998333834444
© Sherobod tumani hokimligi veb-saytlari 2025
5 izoh