Sherobod tumani hokimligi
Navbatdagi matbuot anjumani bo'lib o'tdi

Joriy yilning 16 aprel kuni tuman hokimining moliya - iqtisodiyot va kambagʼallikni qisqartirish masalalari boʼyicha birinchi oʼrinbosari U.Panjiev hamda tuman Uy–joy kommunal xizmat koʼrsatish boʼlimi boshligʼi D.Qunnievlar ishtirokida “Tumanda kommunal sohadagi islohotlar” mavzusida matbuot anjumani oʼtkazildi. Unda tuman hokimi oʼrinbosarlari sohaga oid masʼullar va ijtimoiy tarmoq faollari qatnashdi. Matbuot anjumanida Dilmurod Qunniev tumanda koʼp qavatli turar joylarning taʼmirlanishi shuningdek uy-joylar qurilishi boʼyicha olib borilayotgan ishlar xususida toʼxtalib oʼtdi. Аnjuman davomida ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga tuman hokimining birinchi oʼrinbosari U.Panjiev va tuman Uy–joy kommunal xizmat koʼrsatish boʼlimi boshligʼi D.Qunnievlar atroflicha javoblar berdi.

Izoh qoldirish

Ro`yxatdan o`tish
4 ta foydalanuvchi hozir saytda
Sayt haqida firingiz?

Ўзбекистон Республикаси герби    Ўзбекистон Республикаси байроғи   Ўзбекистон Республикаси мадҳияси