Sherobod tumani hokimligi
Qishloq xo‘jaligiga oid seminar o‘tkazildi

Seminarda Sherobod, Boysun, Qiziriq, Angor, Muzrabot tumanlari hokimligi mas’ul xodimlari, sohaga doir tashkilotlar vakillari, fermer va klasterlar rahbarlari ishtirok etishdi.

Ochiq muloqot tarzida o‘tgan o‘quv seminari davomida “Agrosubsidiya” axborot tizimi – qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilarga subsidiya berish, “Geoaxborot” tizimi – qishloq xo‘jaligi ekinlarini joylashtirish holatini o‘rganish va monitoring qilish, “e-ijara” – qishloq xo‘jaligi yerlarini ijaraga berish tizimlarini hududlarda joriy etish hamda agrar sohada axborot tizimlarini keng tadbiq etish, tizim imkoniyatlaridan samarali foydalanishni ta’minlash, soha vakillarning bilim va ko‘nikmalarini oshirish bo‘yicha tushunchalar berildi va fikr-mulohazalar yuritildi.

Izoh qoldirish

Ro`yxatdan o`tish
1 ta foydalanuvchi hozir saytda
Sayt haqida firingiz?

Ўзбекистон Республикаси герби    Ўзбекистон Республикаси байроғи   Ўзбекистон Республикаси мадҳияси